To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1 noyabrga qadar uzaytirildi
Bosh vazirning topshirig‘iga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilida OTM bakalavriatiga bazaviy va super-kontrakt to‘lamoqchi bo‘lgan abiturientlar, magistraturaga kirganlar hamda o‘qishini ko‘chirgan talabalar uchun kontraktni to‘lash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2022 yilning 1 noyabri etib belgilandi.