Texnologik mashinalar va jihozlar ta’lim yo’nalishi talabalari uchun 16 nomdagi kitoblar taqdim etildi
O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat texnika universiteti va Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi tashabbusi bilan "Тexnologik mashinalar va jihozlar" ta’lim yo’nalishi talabalari uchun 16 ta nomdagi kitoblar chop etildi.
Ushbu kitoblar respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalariga topshirilmoqda. Xususan, 2024 yil 10 sentyabr kuni ushbu kitoblardan 66 dona darslik va o‘quv adabiyotlari Namangan muhandislik-qurilish institutining axborot-resurs markaziga sovg‘a qilindi.
Ushbu darsliklar va o‘quv adabiyotlarni institut axborot-resurs markaziga topshirish marosimida NamMQI o‘quv ishlari prorektori Q.Inoyatov, Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi mudiri X.Abdulxaev, dotsentlar Sh.Xalimov va A.Qidirov hamda Texnologik mashinalar va jihozlar ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari ishtirok etdi.