«Ta’lim – davlat va jamiyatning barqaror rivojlanishi omili sifatida»
Forumning «Ta’lim – davlat va jamiyatning barqaror rivojlanishi omili sifatida» sho‘’basi doirasida oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, magistratura ta’limini rivojlantirish, geodeziya va kartografiya, avtomobilь transporti bo‘yicha oliy muhandislik maktablarini yaratish kabi masalalar muhokama qilinmoqda.
Muhokamalarda O‘zbekiston tomonidan Toshkent davlat transport, Toshkent axborot texnologiyalari universitetlari, Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat, Namangan muhandislik-qurilish institutlari rektorlari, Rossiya Federatsiyasi tomonidan Don davlat texnika universiteti, Moskva davlat geodeoziya va kartografiya, Novosibir davlat milliy tadqiqotlar, Qozon federal universiteti ishtirok etmoqda.
Unda 2022-2027 yillarga mo‘ljallangan magistratura dasturlarini ishlab chiqish, Rossiya universitetlari bilan hamkorlikda «Energetika», «Avtomobilь transporti» oliy muhandislik maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan.