• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Talabamiz munosib kutib olindi

Misr poytaxti Qohira shahrida o‘tgan o‘q otish sporti bo‘yicha jahon chempionati o‘ziga xos tarixiy natija bilan yodda qoldi. Musobaqada yoshlar o‘rtasida 10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha jamoaviy bahslarda yigitdarimiz kumush medalni qo‘lga kiritishdi. Bu o‘q otish sporti bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchun jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan ilk medal sifatida qayd etildi.

25 oktyaber kuni  Qohirada ulkan natija ko‘rsatgan jamoamiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Tadbirda Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi, O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, dunyo birinchiligida Muhammad Kamolov (Namangan muhandislik -qurilish instituti, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti, 3-bosqish talabasi) Veniamin Nikitin va Ilhombek Obidjonov shohsupaga ko‘tarildi. Terma jamoa kichik tanaffusdan so‘ng oldinda turgan boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettiradi.

  • Share :