Talabalar uchun ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish uchun onlayn ariza berish boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 605-sonli qarorida ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta'lim muassasalarining kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi belgilab qo‘yilgan.
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
▪️ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi.
▪️«Ariza yuborish» tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
Bunda birinchi bosqich talabalari uchun joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi (ijara.soliq.uz) bo‘lishi talab etiladi.