Sunʼiy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqot va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi
Ushbu qaror 2024-yil 22-oktabr kuni Parijda bo‘lib o‘tgan YUNESKO Ijroiya kengashining 220-sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbus doirasida bir ovozdan qabul qilindi. (https://t.me/SShMirziyoyeva/2557)
Mukofot 2 yilda bir marta sunʼiy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zalvorli loyihalarga beriladi. Gʻoliblar mustaqil xalqaro hakamlar hayʼati tomonidan saralab olinadi va jahon ilm-faniga qoʻshgan hissasi eʼtirofi ramzi sifatida pul mukofoti, sertifikat va medal bilan taqdirlanadi.
Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi, bu esa mazkur tashabbusning O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ifodalaydi.