• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Sinovli kunlarda sabr bersin, qardoshlar....

Turkiyada yuz bergan va minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan vayronkor zilzila barcha o‘zbekistonliklar kabi institutimiz jamoasini ham chuqur iztirobga soldi. Shu bois davlatimiz rahbari Turkiya elchixonasiga borib, shaxsan hamdardlik bildirganlari, hududlarimizda jabrdiydalar uchun gumanitar yordam yig‘ilayotgani, yurtimiz qutqaruvchilari esa qardosh davlatdagi qidiruv va qutqaruv ishlarida jonbozlik ko‘rsatayotganidan benihoya faxrlandik.

Institutimizni Turkiyadagi ko‘plab oliy o‘quv yurtlari bilan uzviy aloqalar bog‘lab turibdi. NamMQI vakillari ushbu ta'lim muassasalarida malaka oshirib qaytmoqda, o‘z navbatida, turkiyalik professor-o‘qituvchilar institutimizga tashrif buyurib, talabalarimizga ma'ruzalar o‘qimoqda. Biz bunday rishtalar mustahkam va bardavom bo‘lishini istaymiz.

Turkiyalik hamkorlarimiz — Karabuk universiteti rektori, professor Rafiq Po‘lat, Sakar'ya universiteti rektori, professor Hamza Al, Karaman o‘g‘li Mexmetbey universiteti rektori, professor Husayn Karamanga va ularning siymosida butun turk xalqiga institutimiz jamoasi nomidan chuqur hamdardlik bildiraman.

Yaratganning o‘zi kelgusida bunday falokatlardan panohida asrasin. Bu sinovlarni matonat bilan yengib o‘tishda sabr va hamjihatlik tilaymiz.

Sharibboy Ergashev, 
Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori

  • Share :