“ShHTning Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqdagi dunyoda muloqot va hamkorlik”
NamMQI Mashinasozlik fakulьteti tashabbusi bilan institut IT-markazida o‘tkazilgan davra suhbati shunday nomlandi.
Muloqotda institut rektori Sharifboy Ergashev so‘z olib, kuni-kecha yakunlangan ShHTning Samarqand sammiti nafaqat tuzilmaga a’zo davlatlar, balki barcha etakchi siyosiy kuchlar uchun ahamiyatli bo‘lgani, ushbu tadbir dunyo ommaviy axborot vositalari, xususan, Euronews kabi nufuzli telekanallar hamda matbuot va elektron nashrlarda keng yoritilganiga talabalarning e’tiborini qaratdi.
NamMQI Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori Muhammadi Ismoilovning mavzu yuzasidan ma’ruzasi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular sammit bilan bog‘liq savollarga davra suhbati tashkilotchilaridan batafsil javoblar olishdi.