Seminar-trening oʻtkazilmoqda
Davlatobod tumanidagi "Yangi Oʻzbekiston yoshlar ziyo maskani"da Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Jahon bankining "Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish" (MUNIS) loyihasini amalga oshirish guruhining ekspertlari ishtirokida seminar-trening oʻtkazilmoqda.
Mazkur seminarda Namangan muhandislik-qurilish instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori M.Dadamirzayev, boʻlim boshliqlari D.Abduvahobov va D.Akbaraliyev faol ishtirok etmoqda.