Saylov 2024
Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 21-avgustdagi qarori bilan beshta partiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun ijozat berildi.
Saylov kodeksining 31-moddasiga muvofiq, saylov byulleteniga siyosiy partiyalarning nomi va ramzi imzo varaqalarini MSKga topshirish ketma-ketligi asosida kiritiladi.
MSKga koʼra, imzo varaqalarini birinchi OʼzLiDeP, soʼng “Milliy tiklanish” partiyasi topshirgan. Shunday qilib, saylov byulletenida partiyalar ketma-ketligi quyidagicha boʼladi:
Oʼzbekiston Liberal-demokratik partiyasi
2. "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi
3. Oʼzbekiston Ekologik partiyasi
4. Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi
5. Oʼzbekiston "Аdolat" sotsial-demokratik partiyasi