Savob yumushga hissa qo‘shildi
Ramazon oyida yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta'minlangan oilalardan xabar olish savob yumushlardan hisoblanadi.
Shu maqsadda NamMQI yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odiljon Jakbarov va institut kasaba uyushmasi raisi Ahmadjon Haydarov Yangi Namangan tumanidagi xonadonlardan birida yashovchi 1-guruh nogironi Asilaxon Iminova xolidan xabar oldi.
Opani muborak oy bilan tabriklab, kelgusida tezroq sog‘ayib ketishiga tilak bildirildi, sovg‘a-salomlar topshirildi.