Sanoatni axborotlashtirish fakulteti jamoasi “Mehrli doʻkon”ga kiyimlar sovgʻa qildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkilotlari hamkorligida “Mehrli doʻkon” aksiyasi yoʻlga qoʻyilgan edi.
Namangan muhandislik-qurilish instituti Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani Ozoda Abdullayeva tashabbusi bilan ust-bosh sotib olishga imkoni yoʻq boʻlgan hamyurtlarimiz uchun bepul kiyimlar yigʻildi.
Fakultet dekani Ozoda Abdullayeva, dekan oʻrinbosari Rustamxon Kotibov, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nigora Rayimjanova va fakultet koordinatori Xayitboy Qodirqulov tomonidan xayriya orqali yigʻilgan zarur kiyim-kechaklar “Mehrli doʻkon”ga tuhfa qilindi.