Samarqandga talabalar sayohati tashkil etildi
Institut rektorining Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti talabalari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida bildirilgan takliflarni amalga oshirish va institutda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida fakultet bir guruh talabalarining Samarqand shahriga sayohati tashkil etildi.
Sayohat davomida Registon majmuasi, Bibixonim masjidi va maqbarasi, Islom Karimov qabri, Shohi Zinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va Xo‘ja Doniyor ziyoratgohlariga borildi.
Ziyoratlarga rahbarlik qilgan fakultet dekani o‘rinbosari Anvarjon Dehqonov hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi G‘ayratjon Sotvoldiev obidalarning barpo etilish tarixi va ahamiyati bilan tanishtirdi.
Amir Temur tavalludining 687 yilligi arafasida tashkil etilgan mazkur sayohat ulug‘ sarkarda va uning avlodlari tomonidan amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini o‘rganish uchun ayni muddao bo‘ldi.