Rektor institutda Mustaqillik darslarini oʻtdi
Namangan muhandislik-qurilish institutida yangi oʻquv yilining ilk saboqlari anʼanaga muvofiq Mustaqillik darslari bilan boshlandi.
Institut rektori Sharifjon Ergashev auditoriyalarga kirib, ushbu darslarni boshlab berdi.
Maʼruzalar chogʻi istiqlol bergan imkoniyatlar, xususan, taʼlim sohasidagi ulkan oʻzgarishlarga alohida eʼtibor berildi.
Rektor institut bitiruvchilari safida akademiklar, hokimlar, senatorlar, yirik korxona va tashkilot rahbarlari, nufuzli tadbirkorlar borligini taʼkidlab, yoshlarga ham ularning yoʻlini berishiga tilak bildirdi.
Institutda Mustaqillik darslari davom etmoqda.
NamMQI media markazi