“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!”
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoyishi qabul qilindi.
Unga koʻra:
Konstitutsiyaning 32-yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash uchun “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etiladi.