Qozon federal universiteti va Namangan muhandislik-qurilish instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlari konferensiyasida Qozon federal universiteti va Namangan muhandislik-qurilish instituti oʻrtasida muhandislik maktabi zamirida kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shartnomani QFU vakili, texnika fanlari doktori, professor Mahmud Gʻaniyev va institut rektori Sharifjon Ergashev imzoladi.