Qoʻshma taʼlim dasturi asosida tahsil olgan talabalarga diplomlari topshirildi
Namangan muhandislik-qurilish institutini 2023/2024 oʻquv yilida qoʻshma taʼlim dasturi asosida tahsil olgan 64 nafar talaba oʻqishini yakunladi.
Jumladan, Qozon federal universitetini 39 nafar, Belarus milliy texnika universitetini 9 nafar, Janubiy Ural davlat universitetini 6 nafar talaba tamomlab, qoʻsh diplom egasi boʻldi.
Bugun institutda ushbu talabalarga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Institut rektori Sharifjon Ergashev yoshlarni tabriklab, ularga muvaffaqiyat tiladi va mutasaddilar bilan birgalikda ularga diplomlarini taqdim etdi.
Oʻz navbatida, qoʻshma taʼlim dasturi bitiruvchilari soʻzga chiqib, ilgʻor oliy oʻquv yurtlarida tahsil olishga berilgan imkoniyat va ragʻbat uchun institut rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
NamMQI media markazi