• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

QAMCHIQAVTOYO‘L malakaviy amaliyoti

3-bosqich talabalari uchun nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash maqsadida “YO‘L HARAKATI  XAVFSIZLIGI VA MUHANDISLIGI” kafedrasi mudiri D.I.Maxkamov va o‘qituvchilar Abdurazzaqov.M, Maxmudov.S, Ahmadjonov.M “QAMCHIQAVTOYO‘L” DM bilan hamkorlikda talabalarga ish haqi to‘lanadigan  malakaviy amaliyot jarayoni boshlab berishdi . Ushbu amaliyot davomida talabalar yo‘l muhandisligi sohasidagi obyektlarda ish olib borishadi.
Amaliyotning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
Talabalarga oylik maosh to‘lanadi, bu esa ularning amaliyot jarayonida rag‘batlantirilishini ta’minlaydi.
Amaliyot sifati yuqori darajada tashkil etilgan, talabalar tajribali mutaxassislar rahbarligida faoliyat yuritishadi.
Real obyektlarda yo‘l muhandisligi ishlari bilan shug‘ullaniladi, loyihalash, qurilish va ekspluatatsiya jarayonlari bevosita o‘rganiladi.
Mazkur jarayon talabalarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qilib, kelajakdagi mehnat faoliyatiga mustahkam zamin yaratadi.

  • Share :