• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

"Qalqon" guruhi aʼzolari bilan muloqot oʻtkazildi

Avval xabar berilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining mas’ul xodimi Asilbek Murtazayev ishtirokida Namangan viloyati yoshlari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Muloqot avvalida Asilbek Murtazayev Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti "Qalqon" jamoatchilik guruhi aʼzolari bilan samimiy suhbat qurdi.

Suhbat davomida rejalashtirilgan loyihalar, amalga oshirilayotgan ishlar, sohada mavjud kamchiliklar va yutuqlar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Maʼsul institutda mavjud tizim faoliyati viloyat oliy taʼlim muassasalari ichida yaxshi natija koʻrsatayotganini alohida eʼtirof etib, guruh aʼzolariga omad va zafarlar tiladi.

  • Share :