• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!»

Mamlakatimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi keng nishonlanmoqda. Til bayrami arafasida Davlatobod tumanidagi «Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani»da  «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!» mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Namangan muhandislik-qurilish instituti va «Milliy tiklanish» demokratik  partiyasi viloyat  kengashi hamkorligida tashkillagan mazkur tadbirda institut professor-o‘qituvchilari va talabalari, shoir-yozuvchilar, partiya faollari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan institut rektori Sharifboy Ergashev, «Milliy tiklanish» demokratik  partiyasi viloyat  kengashi raisi Dilnoza Azizova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Ziyovuddin Mansurov, shoira, «Do‘stlik»  ordeni sohibasi Dilorom Ergasheva va boshqalar o‘zbek tilining obro‘-e’tiborini yuksaltirish har birimizdan unga chuqur hurmat bilan yondashishni talab etishi,  til bor ekan, millat barhayotligi haqidagi  fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. «O‘zbek tili - milliy ma’naviyatimiz va qadriyatlarimiz timsoli» mavzusidagi maqolalar tanlovi g‘oliblariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Share :