“Psixolog va tyutor hamkorligi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi
Institutda psixolog Murodjon Nurqulov tashabbusi bilan “Psixolog va tyutor hamkorligi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.
Viloyatdagi oliy oʻquv yurtlari psixologlari ham taklif etilgan davra suhbatini institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov boshlab berdi. U OTMlar uchun ushbu hamkorlik oʻta zarur ekanligi, chunki psixolog va tyutorlar talabalar bilan bevosita ishlovchi mutaxassislar ekanligini taʼkidladi.
Tadbir davomida psixologlar talabalar va tyutorlar bilan mustahkam aloqalarni yoʻlga qoʻyish, bu boradagi muammolar va ularning yechimlari haqida oʻzaro fikr almashdi.