Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” tanlovi o‘tkaziladi
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, tanlov 2023 yil maydan har yili quyidagi 5 ta asosiy hamda 1 ta maxsus yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:
-sun'iy intellekt texnologiyalari;
-ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar;
-axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari;
-tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
-kompyuter va mobil o‘yin dasturlari.
Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
5 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha:
1-o‘rin uchun – 100 ming dollar;
2-o‘rin uchun – 50 ming dollar;
3-o‘rin uchun – 30 ming dollar;
Maxsus yo‘nalish bo‘yicha (bitta) – 100 ming dollar.