• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Prezident: Har bir oliygoh bitiruvchilari o‘z yo‘nalishlaridagi IT dasturlarda ishlashni o‘rganishi kerak

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida raqamlashtirish bo‘yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari yoshlarni IT ga o‘qitish, ularga ishlashi uchun sharoit va mahsuloti uchun bozor yaratish zarurligini ta'kidladi. Shuningdek, har bir oliygoh bitiruvchilari o‘z yo‘nalishlaridagi IT dasturlarda ishlashni o‘rganishi kerakligi qayd etildi.

Misol uchun, qurilish loyihalari uchun chizmalar chizish, smetalar tuzish, infratuzilmani yaratishni ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida 1-2 oyda yakuniga yetkazish mumkin. Xorijda yoshlar bunday dasturlarni oliygohda o‘rganib chiqishi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar hamda Raqamli texnologiyalar vazirliklariga:

– qurilish, geologiya, mashinasozlik, transport kabi yo‘nalishlarda muhandis-texnologlarni tayyorlash uchun zamonaviy dasturiy mahsulotlarni o‘rganib, yangi o‘quv yilidan oliygohlarda joriy qilish;

– IT park va uning filiallarini bunday oliygohlarga bog‘lab, o‘qituvchi va talabalarni yangi dasturlarda ishlashga o‘rgatish topshirildi.

  • Share :