Prezident endilikda oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdi
Ularga IT-park rezidentlariga qoʻllanilayotgan imtiyozlar beriladi.
Shoʻba korxonasi ishchilarining kamida 60 foizi doktorant va talabalardan iborat boʻladi.
Kelgusi yildan texnika yoʻnalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi. Korxonaga oliygoh bilan hamkor tashkilot ham taʼsischi boʻlishiga ruxsat beriladi.
Viloyat hokimlari va tarmoq rahbari ilmiy va ishlab chiqarish loyihalari uchun oliygohlarga 10 milliard soʻmgacha buyurtmani toʻgʻridan-toʻgʻri berishi mumkin boʻladi.
Investitsiya loyihalari qiymatining kamida yarim foizini ilmiy ishlarga ajratish tizimi joriy qilinadi.