• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Prezident 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi yoʻlladi

Shavkat Mirziyoyev 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan mamlakatimizning koʻp millatli ahliga tabrik yoʻlladi.

«Aziz va qadrli vatandoshlar!Avvalo, sizlarni, butun Oʻzbekiston xalqini Xalqlar doʻstligi kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Biz Yangi Oʻzbekistonni barpo etish maqsadida boshlagan islohotlarimiz jarayonida jamiyatimizda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik muhitini yanada mustahkamlashni eng ustuvor vazifalarimizdan biri etib belgiladik.

Dunyoda Xalqaro doʻstlik kuni deb qabul qilingan 30-iyul sanasini mamlakatimizda Xalqlar doʻstligi kuni deb eʼlon qilganimiz va oʻziga xos bayram sifatida keng nishonlashni anʼanaga aylantirganimiz ham shundan dalolat beradi» — deyiladi davlat rahbari tabrigida.

  • Share :