• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

O‘zbekistonda institut va universitetlarning faoliyati isloh qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoev 13 fevral kuni ijtimoiy sohalarga mas'ul rahbarlarni qabul qildi.

Unda ta'lim va tibbiyot sifati, ilm-fan va madaniyat rivoji, yoshlar hayoti kabi sohalardagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Ta'kidlanishicha, 2023 yildan boshlab o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining eng ustuvor vazifasi bo‘ladi.

Bundan tashqari, institut va universitetlarning faoliyati isloh qilinib, malakali kadrlar tayyorlash, ilm bilan ishlab chiqarish integratsiyasi kengaytiriladi.

Yig‘ilishda shuningdek, teatr, musiqa va kino sohalarini rivojlantirish, maqom va baxshichilikni asrab-avaylash muhimligi ta'kidlandi. Xalqimiz madaniyati va tabiat maskanlarini keng targ‘ib qilib, turistlarga sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Bugungi kunda aholining 56 foizida ortiqcha vazn, 30 foizida surunkali kasalliklar bor. Shu bois O‘zbekistonda «To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati boshlanishi ma'lum qilindi.

Shuningdek, tibbiyot ta'limiga ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilish, tizimni raqamlashtirish va tibbiy sug‘urtani yo‘lga qo‘yish orqali xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

  • Share :