• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalari tanlovi birinchi bosqichi uchun SINOV IMTIHONLARI DASTURI

O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha

      Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shu buyuk o’zgarishlar jarayonida xalqimizning boy tarixi, betakror milliy qadriyatlari, bebaho ilmiy, madaniy merosi qayta tiklanib, butun bashariyatni noyob mulkiga aylandi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida ma`naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma`naviyatini asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodnnng qalbi va ongini turli zararli goya va mafkuralar ta`siridan saqlash va himoya qilishda Vatanimiz tarixini birlamchi manbalarga tayanib, har tomonlama va chuqur tadqiq etish yosh avlodga haqiqiy tariximizni o`qitish orqali ularni yuksak ma`naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
       O’zbekiston tarixi fanining barcha oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari hamda maktablarda o’qitilishi ham ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi.
O’zbekiston tarixi fani dasturining maqsadi - milliy tarix, milliy gurur va iftixor manbai hisoblanishini yosh avlod ongiga singdirish, ularda tarixiy xotira tarixiy tafakkur  ko`nikmasini tarbiyalash  milliy g’oya va yuksak ma’naniy fazilatlarni shakllashirish, ma`naviy dunyosini boyitnsh, ularni o`z xalqi va Vataniga sadoqat, amalga oshirilayotgan bunyotkorlik ishlarining ongli faol ishtirokchisi bo`lish ruhida fikrlash va yashashga o`rgatishdan iborat.
       O’zbekiston tarixi fani vazifasi - tarixiy-madaniy jarayonlarni xolisona hamda manbalarga tayangan holla tahlil qilish, ularning sabablari va mohiyatini ochib berish:
         -  yoshlarimizda uzini anglash, vatanparvarlik, tarixiy qadriyatlarga hurmat, boy tariximizni qadrlash fazilatlarini shakllantirish:
        - mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatini barpo etish, turli sohalardagi islohotlar, jahon hamjamiyatiga intgrasiyalashuv bilan bogliq tarixiy jarayonlar, voqea va hodisalarni yoshlar ongiga tarixiy xaqiqat tamoyillari asosida yetkazish. Fan bo’yicha talabaning bilim, ko’nikma malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi.
Talaba:
      -   fanning  predmeti nazariy-metodologik asoslarini manbalari:
      - o`zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishi, xalqimizning dunyo sivilizasiyasiga qo’shgan hissasi:
      - O’zbekiston tarixining asosiy davrlari va taraqqiyoti tadrijiy bosqichlari, ularning uzviy bogliqligi va davomiyligi, tarixiy voqealar vorisiyligi:
       - mustamlakachilik va sovet mustabid davrida O’zbekistonning turli sohalari rivojlanishiga qarshi siyosat va ularning ayanchli oqibatlari:
     - turli davrlarda ozodlik yo`lida amalga oshirilgan kurashlar hamda vatanparvarlik jasoratlari;
      - O’zbekistonda davlat mustaqilliginnng qo`lga kiritilishi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, rivojlanishi, yangilanish va modernizatsiya jarayonlari haqida bilimga ega bo’lishi,
     -  Vatanimiz tarixi bo’yicha o`z tarixiy tafakkurini boyitib borish va tarixiy haqiqat tamoyillari asosida tarixiy voqealar va jarayonlarni tahlil qila bilishi;
    -  O’zbekistonning jahon sivilizatsiyasi o`choqlaridan biri ekanligini teran his qila olishi;
    - ajdodlarimiz ibratli hayoti va faoliyati bilan faxrlanish va vatanparvarlikni namoyon eta olish ko’nikmalariga ega bo’lishi,
    - tarixiy voqea va hodisalar natijalarini qiyosiy taqqoslash orqali ulardan xulosalar chiqarishi;
   - jamiyat taraqqiyotida o’zining tutgan o’rnini anglay bilish, his etish va faol ishtirok etishi;
   -  tarixiy voqealar va hodisalarga nisbatan o’z nuqtai nazariga, mustaqil fikriga va munosabat bildira olish malakalariga ega bo’lishi kerak.

1. Markaziy Osiyo - jahon sivilizaiiyasining ajralmas qismi
            
 O’zbekiston qadimgi sivilizatsiya va madaniyat beshigi. Antropogenez jarayoni.  Qadimgi odamlarning turmush tarzi, mashgulotlari. Paleolit davri. Paleolit davri ibtidoiy xujaligidagi o’zgarishlar. Neandertal odami. Mezolit davri. Neolit davri. Tosh qurollarining takomillashuvi. Chorvachilik va dehqonchilik. Eneolit davri. Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, O’rta Osiyoda ilk shaxar madaniyatining paydo bo’lishi. "Avesto" ning insonning ma’naviy hayotini shakllantirishdagi  o’rni.
         
 2. O’zbekiston hududida dastlabki davlatlarning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari (Qadimgi davrdan IX asrgacha)

    Davlatchilik tushunchasi. Ilk davlatlar shakllanishining asosiy omillari. Qadimgi Xorazm, Baqtriya va Sug’diyona davlatlari. Ahamoniylar davrida O’rta Osiyo. Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlari. Qang’, Dovon va Kushon davlatlari. Kidariylar, xioniylar va eftaliylar davridagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot. Turkiy xoqonlik davrida O’rta Osiyo.O’rta Osiyoda arab bosqini. Arablarga qarshi kurashlar.
        
3. Buyuk ipak yo’li shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va hozirgi zamon
  Eng qadimgi yo’llar. Buyuk ipak yo’lining paydo bo’lishi va rivojlanishi. IX-XII asrlarda Buyuk ipak yo’lining  ahamiyati. Amir Temur va temuriylar davrida Buyuk ipak yo’li shuhratining yanada ortishi. XVI asrdan boshlab Buyuk ipak yo’li ahamiyatining pasayishi, uning sabablari. Hozirgi davrda Buyuk ipak yo’li an’analarini tiklash va rivojlantirish borasidagi xalqaro hamkorlik harakatida O’zbekistonning ishtiroki.

4. IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi. Ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy hayot. Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan ulkan hissasi.
IX asr boshlarida Movarounnaxr, Toxiriylar davlati. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Somoniylar sulolasi. Ismoil Somoniy. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Qoraxoniylar xukmronligi. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Gaznaviylar davlati. Maxmud Gaznaviy davrida davlatning kuchayishi. Gaznaviylar bilan saljqiylar o’rtasidagi to’qnashuv.   Saljuqiylar davlati.
Ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Xorazmshoh-Anushteginiylar sulolasining xokimiyat tepasiga kelishi. Sulton Otsiz. Sulton Takash faoliyati. Muxammat Xorazmshoh.
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma`naviy  madaniyatining yuksalishiga ta`sir ko’rsatgan tarixiy shart – sharoitlar va asosiy omillar. Ilm – fan ravnaqi. O’rta Osiyolik allomalar va ularning jahon tsivilizatsiyasi xazinasiga qo’shgan bebaxo xissasi. Badiiy adabiyotning rivoj to’ishi. eski o’zbek (turkiy) adabiyoti rivojiga  jiddiy ulush qo’shgan. M.Qoshg’ariy, Yusuf Xos Xojib, Axmad Yugnakiy, Axmad Yassaviy va boshqalar. Markaziy Osiyo hududida islom madaniyatining tarkib to’ishi. O’rta Osiyolik buyuk xadisshunos olimlar (Imom al-Buxoriy at-Termiziy va boshqalar).
         
5. Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot.
    XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. Amir Temur va Amir Husayn. Sarbadorlar harakati. Amir Temur xokimiyatining o’rnatilishi. Amir Temurning xarbiy yurishlari. Amir Temur buyuk davlat arbobi. mashxur sarkarda. "Kuch adolatda". Amir Temurning O’rta Osiyo va jahon tarixida tutgan o’rni. Saltanatni boshqarish tizimi. Qo’shinning tuzilishi va xarbiy intizom. «Temur tuzuklari»- davlat boshqaruv ishidagi muhim manba sifatida. Xo’jalik va madaniy hayot. Markazlashgan davlatning parchalanishi. Shohruh Mirzo xukmronligi davrida temuriylar saltanati. Movarounnaxrda Mirzo Ulugbek hukmronlgi Mirzo Ulugbek davrida madaniyat, ilm-fan va adabiyot ravnaqi. Ichki nizo va kurashlarning avj olishi. Movarounnahrda Abusaid va uning o’gillari, Xurosonda Husayn Boyqaro xukmronlgi. XV asrning ikkinchi yarmida fan, adabiyot va madaniyat. Alisher Navoiyning siyosiy va adabiy faoliyati.
         
6. O’rta Osiyo hududlarining  xonliklarga bo’linib ketishi uning sabablari va oqibatlari.
     
Muhammad Shayboniyxon. Bobur va Shayboniyxon. Movarounnahrda shayboniylar xukmronligining o’rnatilishi. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. Abdullaxon I. Buxoro xonlgida ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi hukmronligi. Buxoro xonlgi uning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli. Mamlakatda ichki kurash tarqoqlikning kuchayishi va uning asosiy sabablari. Buxoro xonligida xokimiyatning mangit amirlari ko’liga o’tishi. Buxoro amirligida madaniy hayot. Buxoro islom va ma’rifat markazi. Xiva xonlgiining tashkil tonishi. Shayboniylarning Xivadagi hukmronligi. Qo’ng’irot    sulolasining     xokimiyat    tepasiga    kelishi.    Qoraqalpoqlar. Ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Madaniy hayot. Qo’qon xonligiga asos solinishi. Xonlikning hududi va aholisi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti. Qo’qon xonligidagi ichki kurash. Xalq noroziligining kuchayishi. Qo’qon xonlgida madaniy hayot.      

7. O’zbek xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi.

XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli va o’zaro munosabatlari. O’rta Osiyo masalasida ingliz-rus raqobati. Qo’qon xonlgi hududlariga xujum. Toshkent mudofaasi. Jizzax, O’ratepa janglari. Turkiston general-gubernatorligi. Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi vassaliga aylantirilishi. Xiva xonligiga bosqinchilik yurishi. Xiva xonlgining Rossiya imperiyasi vassaliga aylantirilishi. Qo’qon xonlgida siyosiy tanglik. Xalq qo’zgolonlari. Rossiya imperiyasi tomonidan Qo’qon xonlgining tugatilishi. Fargona viloyatining tashkil etilnshi. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati. boshqaruv tizimi. Xarbiy boshqaruv tartibi. Rossiya imperiyasining iqtisodiy xukmronligini o’rnatish tadbirlari. Agrar siyosat.

8. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik- harakati. Jadidchilik.
Aholini ko’chirib keltirish siyosati. Mustamlakachilikni kuchaytirshga qaratilgan madaniy va ma’rifiy siyosat. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakatlari. Fargona vodiysidagi xalq xarakatlari. Toshkent qo’zgoloni. Andijon qo’zgoloni. Jadidchilik harakati va uning atoqli vakillari. Birinchi jahon urushining o’lka hayotiga salbiy ta’siri. Aholi noroziligining kuchayishi. 1916 yilgi xalq qo’zgoloni va uning xarakteri.
         
9. Sovet hokimiyatining  o’rnatilishiga qarshi qurolli harakat.
1917 yil fevral burjua-demokratiik inqilobi va uning Turkistonga ta’siri. Sovetlar xokimiyatining o’rnatilishi. Turkiston muxtoriyati. Qo’qon fojeasi. Turkiston ASSR. Xarbiy kommunizm siyosati. Sovet xokimiyatiga qarshi qurolli xarakat.

10. Sovet hokimiyatining O’zbekistonda yuritgan qatagonlik  siyosati, uning mohiyati va oqibatlari. 
Hukmron Markaz va komfirqaning 20-30 yillarda O’zbekistonda o’tkazgan industrlashtirish va dehqon xo’jaliklarini jamoalashtirish siyosati va uning asoratli oqibati. Jamoalashtirish siyosati. Quloqlashtirish. "Madaniy inqilob". Ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi. Siyosiy qatagonlar. 80-yillarning O’rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotdagi inqiroz. "Qayta qurish" va uning  cheklanganligi. "Paxta ishi", "o’zbeklar ishi". Ommaviy qatagonlar. Fargona fojeasi.
    
11. Ikkinchi jahon urushi yillarida o`zbek xalqining fashizm ustidan qozongan g’alabaga qo`shgan hissasi .
Ikkinchi jahon urushining boshlanish sabablari. O’zbekistonning urush girdobiga tortilishi. O’zbekiston moddiy va ma’naviy kuchlarining fashizmga qarshi kurashga safarbar etilishi. Umumiy harbiy safarbarlik.Respublikada xo’jalik va ijtimoiy hayotning harbiy izga solinishi.Mehnat safarbarligi. Frontga umumxalq yordami. G’arbiy viloyatlaridan sanoat korxonalari, o’quv va ilm maskanlari, madaniyat muassasalarining ko’chirib keltirilishi, joylashtirilishi va ishga tushirilishi. Front va frontga yaqin hududlardan aholining ko’chirilib keltirilishi. O’zbek oilalarining yetim bolalarni farzandlikka olish harakati. O’zbek xalqining bag’rikenglik ma’naviyati yuksakligining namoyon bo’lishi. O’zbekiston jangchilarining frontda ko’rsatgan jasoratlari. Urush yillarida qrim-tatarlari, mesxeti turklari, chechenlar, qorachoylar va boshqa xalqlarning o’z vatanidan badarg’a qilinishi, ularni sharqqa, jumladan, O’zbekistonga olib kelib joylashtirilishi. O’zbeklarning ularga ko’rsatgan mehr-muruvvati.  Fashistlar Germaniyasi va Yaponiyaning taslim bo’lishi.Urushning tamom bo’lishi. Fashizmni tor-mor etishda O’zbekistonning munosib o’rni. Urushning yakunlari va saboqlari. O’zbekistonda «Xotira va qadrlash» kuni, uning mohiyati va ahamiyati.

12. Ma’muriy buyruqbozlikning kuchayishi va inqiroz davrida O`zbekiston. 50-70-yillardaO’zbekistondagi iqtisodiy xayot. Iqtisodiyotning    xomashyo yetishtirish     tomon     yo’naltirilishi.     Paxta yakkaxokimligi. 50-80-yillarda respublikaning madaniy hayoti. 80-yillarning O’rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotdagi inqiroz. "Qayta qurish" va uning cheklanganligi. "Paxta ishi", "o’zbeklar ishi". Ommaviy qatagonlar. Fargona fojeasi.


13. Mustaqil O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish jarayoni
O’zbekistonning davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. 1991 yil 29 dekabrdagi referendum va umumxalq tomonidan O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining ma’qullanishi. I.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi. Siyosiy isloxotlar. Davlat xokimiyatining milliy, xuquqiy, demokratik asoslarining barpo etilishi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari. Ko’ppartiyaviylik tizimiga asos solinishi. O’zbekiston parlamenti. Ikki palatali parlament. Vazirlar Maxkamasi, uning ijro etuvchi xokimiyatning muhim bo’g’ini sifatidagi o’rni. Xalq xo’jaligi tizimi boshqaruvidagi isloxotlar. Sud hokimiyati isloxotlari. Mahalliy davlat hokimiyati organlari. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqaruv organlari. Millatlararo tinchlik va totuvlik. Axborot tizimini erkinlashtirish.

14. O’zbekistonning mustaqillik yillaridadagi iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyot.

Taraqqiyotning    "O’zbek    modeli".    Iqtisodiy    isloxotlar. Xususiylashtirish. Ko’p ukladli iqtisodiyot. Tadbirkorlikning rivojlanishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi. Iqtisodiyotdagi chuqur tarkibiy O’zgarishlar. Agrar islohotlar. Iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishi. Kuchli ijtimoiy siyosat. Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi. Millatlararo munosabatlardagi barqarorlik. "Ta’lim to’grisida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi". Ilm-fanning rivojlanishi. Madaniyat va sanoat. Jismoniy tarbiya va sport. Qoraqalpogistonning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy taraqqiyoti. Tinchliksevar mustaqil tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi. Shanxay xamkorlik tashkiloti va O’zbekiston. O’zbekiston va MDH, Xalqaro terrorizm. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ijtimoiy -iqtisodiy isloxotlarni yanada jadallashtirilishi. 2017-2021 yillarga mo`ljallangan O’zbekiston Respublikasi ni yanada rivojlantirish Harakatlar strategiyasi. 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan  2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan  7 ta yo‘nalish.


Asosiy adabiyotlar:
Murtazaeva R.H. va boshqalar. O’zbekiston tarixi. Darslik, -T.: Yangi asr avlodi, 2005. 
Murtazaeva R.H. va boshqalar. O’zbekiston tarixi.O’quv qo’llanma.- T.: Akademiya, 2010.
Eshov B. J. O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv  tarixi. Darslik, -T.: Yangi asr avlodi, 2012
Eshov B., Odilov A. O’zbekiston tarixi. I jild.Eng qadimgi davrdan XIX asr o’rtalarigacha. Darslik, -T.: Yangi asr avlodi, 2014.
O’zbekiston tarixi. Darslik, II jild. Mualliflar jamoasi. -T.: Yangi asr avlodi, 2015.

Qo‘shimcha  adabiyotlar:
Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining ko’shma majlisidagi nutqi. –T.: O’zbekiston, 2016.
Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. –T.: “O’zbekiston”, 2018. - 592 b. 
Mirziyoyev Sh. M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga  berilgan eng oliy bahodir. –T.: “O’zbekiston”, 2018. - 508 b.
Mirziyoyev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljalangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. – T.: O’zbekiston, 2017
Mirziyoyev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt  taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T.: O’zbekiston, 2017.
    Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T. : O’zbekiston, 2017.
Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan  yodgorliklar. Tanlangan asarlar.       1- jild. – T.: Fan, 1968.
“Avesto”, “Yasht”. O’zbek tiliga M. Isxoqov ilmiy-izohli tarjimalari.-T.: Sharq, 2001.
A’zamxo’jayev S. Turkiston muxtoriyati. –T.: Ma’naviyat, 2000.
Bobobekov H.N. Qo’qon tarixi. T.: Fan, 1996.
Ziyoev H. O’zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi. - T.: Sharq, 2001-y.
Levitin L. O’zbekiston tarixiy burillish pallasida. –T.: O’zbekiston, 2001.
Mirzo Ulug’bek. To’rt ulus tarixi. -T.: Cho’lpon, 1994.
Murtazayeva R. X. O’zbekistonda millatlararo munosabatlar  va bag’rikenglik. O’quv qo’llanma. -T.: Universitet, 2007.
Nizomul mulk. Siyosatnoma. – T.: Adolat, 1997.
Shoniyozov K. O’zbek xalqining shakllanish jarayoni. –T.: Fan, 2001.
Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. –T.: O’zbekiston, 1996.
Yunusova X.E. O’zbekistonda millatlararo munosabatlar va ma’naviy jarayonlar (20-asr 80-yillari misolida). –T.: Abu matbuot-konsalt, 2009.
Sharofuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. –T.: Sharq. 1997.
O’zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitobi. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. –T.: Sharq, 2000.
O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob.O’zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida. -T.: Sharq, 2000.

Xorijiy til(ingliz tili) bo‘yicha

Xorijiy til (ingliz tili)ni umummavzular va kundalik hayotda uchraydigan holatlar yuzasidan hamda davlat stipendiyasiga talabgor talabalarning
ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan ingliz tilida berilgan savol-javoblar asosida baholanadi. Imtihon uchun to‘rtta savoldan iborat bo‘lgan savollar varaqasi tayyorlangan bo‘lib, talabgorlar har bir savol uchun bir daqiqadan kam bo‘lmagan vaqtda so‘zlashi hamda imtihon oluvchi professor-o‘qituvchilarning mavzu yuzasidan berilgan savollariga faqat ingliz tilida aniq va ravon javob berishlari talab etiladi.

About myself;
About my family;
My friend;
About my country;
My institute;
My hometown;
My study;
Popular food in your country;
To watch sports on TV;
10.Movies;
11. Favorite season;
12. Travel & Festival;
13. To see animals in the zoo;
14. Reading, visit to relatives;
15. Internet;
16. Social network;
17. Study abroad;
18. My friend’s advice;
19 Foreign films or films made in your country;
20 People nowadays;
21 Help society;
22. My scientific research work.

Adabiyotlar:
Boqiyeva G.X., Rashidova N.M. va boshqalar. Scale up. Student’s book, Course 1,2,3. -T.: G‘afur G‘ulom. 2015.
Headway Elementary 5th edition; Student’s book e-book by Liz and John Sars, Jo McCaul 2022. 
Headway Pre-intermediate 5th edition; Student’s book e-book by Liz and John Sars, Jo McCaul 2022. 
Basic English Grammar. For English language learners. Anne Seaton. 2007.

English Grammar in use. Raymond Murphy. CAMBRIDGE university press. 2003.
          Internet manbalari. 
https://t.me/new_headway_beginner_4th_edition
https://www.google.com/search?q=ingliz+tilida+speakingni+oshirish&rlz
https://www.youtube.com/watch?v=f7rauoIewIM
https://interonconf.org/index.php/usa/article/view/8642
https://www.youtube.com/watch?v=0RLmW0Ti7GI

O‘zbek (davlat tili) tili bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasida davlat tilining mavqeyi va nufuzini mustahkamlash, talabalarda davlat tiliga doir bilim va ko‘nikma hosil qilish, o‘zbek tilida so‘zlashish va nutq madaniyatini shakllantirish, tilning kundalik hayotda, ilmiy va kasbiy sohalardagi ahamiyatini oshirish, ish faoliyati jarayonlarida davlat tilida muloqot, o‘zaro munosabatlar, vatanparvarlik tuyg‘ularini hamda milliy qadriyatlarni mustahkamlashga yo‘naltirishdan alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlat tilida ish yuritish fanining barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari hamda maktablarda o‘qitilishi ham mamlakatimizda til islohotiga alohida ahamiyat berilayotganidan dalolatdir.ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi.
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga o’zbek tilida ish yuritish tizimi haqida to’laqonli ma’lumot berish, ish hujjatlarini tayyorlash ko’nikmalarini rivojlantirish, davlat tilida ish yuritishning asosiy tushunchalari, terminologiyasi, hujjatlar turlari, o’ziga xos leksik va grammatik xususiyatlari haqida o’rgatish va ularni amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Fanni vazifasi – talabalarga o‘zbek tilida ish yuritish tizimi haqida to‘laqonli ma’lumot berish, ish hujjatlarini tayyorlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, davlat tilida ish yuritishning asosiy tushunchalari, terminologiyasi, hujjatlar turlari, o‘ziga xos leksik va grammatik xususiyatlari haqida o‘rgatish va ularni amaliyotga tatbiq etish, imloviy savodxonlikni oshirishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbek adabiy tili me’yorlari
Me’yor haqida tushuncha. Adabiy til va uning me’yorlari. Adabiy me’yor turlari. Leksik me’yor. Grammatik me’yor. Uslubiy me’yor. Orfografik me’yor. Orfoepik me’yor.
Nutqning uslubiy shakllari
Adabiy til uslublari. Uslublarning oz’iga xos fonetik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlari. Badiiy uslub, rasmiy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub, so’zlashuv uslubi.
Matn turlari va tarkibi
Matn nima? Matn turlari. Tavsifiy matn. Hikoya matn. Muhokama matn. Tasviriy matn. 
Ish yuritish tili va uslubi
Ish yuritish sohasiga oid terminlar. Ish yuritish sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar. Ish yuritishga oid hujjatlar matning semantik va uslubiy o’ziga xos xususiyatlari.Rasmiy ish yuritish tizimi. Rasmiy ish hujjatlaining lingvistik xususiyatlari.
Hujjatlar va ularning turlari
Hujjat va uning turlari. Shaxsiy hujjatlar. Rasmiy hujjatlar. Tashkiliy hujjatlar. Ma’lumot-axborot hujjatlari. Farmoyish hujjatlari. Xizmat yozishmalari.
Tashkiliy hujjatlar. Farmoyish hujjatlari
Tashkiliy hujjatlar haqida umumiy ma’lumot. Tashkiliy hujjatlarning semantik va uslubiy jihatlari. Guvohnoma, shartnoma, nizom, buyruq, farmoyish, ko’rsatma, yo’riqnoma.
Ma’lumot-axborot hujjatlari.
Xizmat yozishmalari
Ma’lumot axborot hujjatlarining semantik va uslubiy xususiyatlari. Ariza, tushuntirish xati, kafolat xati, dalolatnoma, tilxat, ma’lumotnoma, bayonnoma. Tijorat yozishmalari. Diplomatik yozishmalar.
1. “Davlat tilida ish yuritish” tushunchasi.
2. O‘zbek tili – davlat tili sifatida. O‘zbek tilinning davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish borasidagi islohotlar, qaror va farmonlar.
3. Hujjatchilik tarixi. Sharq hujjatchiligi.
4. O‘zbek adabiy tili me’yorlari.
5. Nutqning uslubiy shakllari.
6. Matn turlari va tarkibi.
7. O‘zbekiston Respublikasida hujjatchilikning takomillashuvi, o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyati.
8. Ish yuritish tili va uslubi.
9. Adabiy til me’yorlari bo‘yicha ko’nikmalarni o‘stirish.
10. Yozma savodxonlikni o‘stirish.
11. Hujjat turlari bo’yicha bilim va ko’nikmalarni oshirish.
12. Tashkiliy hujjatlar va ularning uslubiy jihatlari.
13. Farmoyish hujjatlari va ularning turlari.
14. Ma’lumot-axborot hujjatlari: ariza, ma’lumotnoma, bildirishnoma.
15. Ma’lumot-axborot hujjatlari: bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma.
16. Ma’lumot-axborot hujjatlari: shartnoma, tilxat, vasiyatnoma.
17. Tavsifnoma, tavsiyanoma. Yozilish uslubi. O‘ziga xos xususiyatlari.
18. Guvohnoma, dalolatnoma, ishonchnoma. Yozilish uslubi. O‘ziga xos xususiyatlari.
19. Xizmat yozishmalari.
20. Diplomatik yozishmalar.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati

I. Asosiy adabiyotlar
1. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N.,Y.Odilov Ish yuritish. – Toshkent, 2020.
2. Mahmudov N. va bosh. Ish yuritish asoslari. – Toshkent: O‘zME davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
3. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent, 2015.
4. To‘xliyev N. Ish yuritish. – Toshkent, 2017.
5. Is’hoqov M. Unutilgan podsholikdan xatlar. – Toshkent: FAN, 1992
6. Vasiqalar to’plami. XVI asrning ikkinchi yarmi Samarqand oblastidagi yuridik dokumentlar. – Toshkent: FAN, 1982
7. Sodiqov, Uyg’ur yozuvi tarixi. – Toshkent: Ma’naviyat, 1997
8. Suyarova A. O’zbek tilida ish yuritish. Uslubiy qo’llanma. – Namangan, 2018

II. Qo‘shimcha adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
2. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017-yil 7-fevraldagi farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori. – “Xalq so‘zi” gazetasi,
2017-yil, 21-aprel.
5. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. – T.: O‘qituvchi, 2003.
6. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. –T.: 2006. Internetdagi manzili: www.samdu.uz/files/web/index.htm
7. Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik. Tuzuvchi: Boltayev M. – Samarqand, SamDU nashri, 2007.
8. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Tuzuvchilar – Hojiyev A., Rahmatullayev Sh. – Т.:   O‘qituvchi, 1996, 6-27-betlar.

 


Internet saytlari

www.pedagog.uz
www.ziyonet.uz
www.edu.uz
www. literature, uz
www. genhis philol.ru
www. library.ziyonet.uz
www.lingvo-online.ru

Stipendiya dastur 2024 word
 

  • Share :