• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

O'z maqsadlaringni bil

NamMQI talabalar turar-joyi tadbirlar zalida Muhandislik kommunikasiyalari fakulteti tashabbusi,  Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari kafedrasi mas'ulligida «Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitusiya» nomli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Namangan viloyat Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Nargiza Soliyeva, boshqarma xodimasi Muqaddam Aliboyeva, institutning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odiljon Jakbarov, Muhandislik kommunikasiyalari fakulteti dekani Fayzulla Nishonov, Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Anvarjon Isomiddinov, professor-o‘qituvchilar, fakultet tyutorlari va talabalar ishtirok etdi.

Adliya boshqarmasi vakillari Konstitusiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar hamda ularning mazmuni haqida ma'ruza qildi. Odiljon Jakbarov va Anvarjon Isomiddinovlar bu yilgi referendumning aholi, xususan, yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.

NamMQI media markazi

  • Share :