OTMlarga kirish test sinovlari 14-28-iyul kunlari oʻtkaziladi
Prezidentning tegishli Farmoniga asosan 2024/2025-oʻquv yili uchun bakalavriatga qabul boʻyicha roʻyxatdan oʻtishning birinchi bosqichi joriy yil 5-iyundan boshlanib, 25-iyungacha davom etadi.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtgan navbatdagi “Hukumat soati”da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov aytib oʻtdi. (https://parliament.gov.uz/news/hukumat-soati-kirish-imtihonlaridagi-avval-test-song-tanlov-tartibi-qanday-ishlaydi)
Roʻyxatdan oʻtishning birinchi bosqichi yakunlangandan soʻng, 1-25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar, 14-28-iyul kunlari test sinovlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.