Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash
Shavkat Mirziyoev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qaevning taklifiga binoan 12-14 oktyabr kunlari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash va MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlislarida ishtirok etish uchun tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi.
Bo‘lajak tadbirlarda alohida e'tibor o‘zaro savdoni ko‘paytirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, samarali transport kommunikatsiyalarini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalariga qaratiladi.