Oliy taʼlim muassasalari tomonidan 2023–2024-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan media tadbirlar o‘tkazildi
Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2023/2024-o‘quv yili qabul jarayonlariga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Andijon davlat chеt tillar institutida yangi o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik va “Qabul-2023” jarayonlarini olib borilishi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Chirchiq davlat pedagogika institutida qabul jarayonlariga oid brifing tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2023/2024-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filialida bitiruvchilarni katta hayotga kuzatish ishlarining borishi hamda yangi o‘quv yili qabulini yuqori saviyada tashkil etish mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mutasaddilari ishtirokida 2023/2024-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazildi.
Namangan muxandislik-qurilish institutida qabul masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Namangan muhandislik-texnologiya institutida qabul jarayonlarining tashkil etilishi: qabul kvotalari va yangi ta’lim yo‘nalishlari tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Namangan davlat universitetida qabul jarayonlariga oid matbuot anjumani tashkil etildi.
Farg‘ona davlat universiteti tomonidan2023/2024-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan press-klub sessiyalari tashkil qilindi.
Toshkent davlat transport universitetida qabul jarayonlariga oid yangiliklar yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi.
Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Milliy rassomlik va dizayn institutida 2023/2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonlarining tashkil etilishiga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazildi;
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
TDIU Samarqand filialida 2023/2024-o‘quv yili qabul jarayonlari hamda yangi ochilgan ta’lim yo‘nalishlari yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Urganch davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori ishtirokida tashkil etilgan brifingda qabul komissiyalari faoliyati, bakalavriat hamda magistratura uchun qabul parametrlari, ijodiy imtihonlarni o‘tkazish borasidagi tayyorgarlik ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.