Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
19-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari rahbar xodimlari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining masofadan va bevosita ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash bo‘yicha qo‘yilgan ustuvor vazifalar, korrupsiyaga qarshi kurashish, yoshlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni sifat va mazmun jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha vazirlikka yuklangan topshiriqlarning ijrosi muhokama qilindi.
Ushbu yigʻilishda Namangan muhandislik-qurilish instituti studiyasidan viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi, viloyatdagi OTM rektorlari, institut mutasaddilari ham ishtirok etdi va oʻzlari uchun zarur vazifalarni belgilab oldi.