• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Navoiy va Bobur tavalludiga bag‘ishlangan «Buyuk bobolar yodi bilan yashaymiz mudom» nomli adabiy-badiiy kecha o‘tkazil

Davlatobod tumanida joylashgan «Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo» maskani axborot-kutubxonasida «Adabiyot va ma'rifat» haftaligi doirasida o‘zbek mumtoz adabiyotining ikki yirik vakili — Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan «Buyuk bobolar yodi bilan yashaymiz mudom» nomli adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.

Muhandislik kommunikasiyalari fakul'teti tashabbusi bilan tashkillangan institut tadbirida taniqli shoir-yozuvchilar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

NamMQI prorektori Odiljon Jakbarov, institut axborot xizmati rahbari Azizbek Abduvaliev, Muhandislik kommunikasiyalari fakul'teti dekani Fayzulla Nishonov, «Milliy tiklanish» partiyasi viloyat kengashi raisi Dilnoza Azizova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Ziyovuddin Mansurov, O‘zbekiston  Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Nosirjon Dehqonov, shoiralar Dilorom Ergasheva, Ruqiya G‘ozieva tadbirda so‘zga chiqib yig‘ilganlarga Navoiy va Bobur hayoti, ijodi hamda ushbu sanalar arafasida o‘tkazilayotgan tadbirla ahamiyati borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Talabalar, shoir va yozuvchilarning Navoiy va Boburga bag‘ishlovlari, ular  ijodidan o‘qilgan namunalar, sahna ko‘rinishlari, mumtoz qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Yoshlarga ikki daho g‘azallariga muxammaslardan iborat "Payvand" she'riy to‘plami taqdim etildi.

NamMQI media markazi

  • Share :