NamMQIning xorijlik talabasi “Oʻzbek tili – qalbim tarjimoni” respublika koʻrik-tanlovi ishtirok etadi!
Mamlaktimizda tahsil olayotgan xorijlik talabalar oʻrtasida “Oʻzbek tili – qalbim tarjimoni” respublika koʻrik-tanlovi oʻtkazilmoqda. Tanlov komissiyasi tomonidan 13 nafar ishtirokchi saralab olindi hamda tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi.
Quvonchli tomoni, Namangan muhandislik qurilish-instituti talabasi Emin Goktugʻ Yalchin ham 17-18-oktyabr kunlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida boʻlib oʻtadigan respublika bosqichiga ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Talabamizga omad tilaymiz!