NamMQIda “Kafedra kunlari” davom etmoqda
Navbatdagi “Kafedra kunlari” Muhandislik kommunikasiyalari fakul'tetining " O‘zbek tili va adabiyoti" kafedrasida bo‘lib o‘tdi. Kafedra kunlarida qatnashgan rahbariyat, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistr-talabalar mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga doir islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, ta'lim sifatini oshirish, institutda zamon talabiga mos yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga doir kafedra faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Kafedrada o‘qitiladigan o‘zbek tili, o‘zbek tilining sohada qo‘llanishi va rus tili fanlaridan ochiq darslar tashkil etildi.
Shundan so‘ng kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedra yoshlarini ilmiy izlanishlarga chorlash, ta'lim sifati va ilmiy kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan ma'ruzalari tinglandi.
NamMQI media markazi