• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda ilmiy faoliyat natijadorligini oshirish haqida e'lon

NamMQIda ilmiy faoliyat natijadorligini oshirish Xalqaro ilmiy bazalardan to‘liq foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida Rossiya federatsiyasining "Eko-Vektor" ilmiy-nazariy jurnallar portalidan institut professor-o‘qituvchilari uchun bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.

Mazkur portal tibbiyot, texnika, ijtimoiy-gumanitar, qishloq xo'jaligi va tabiiy hamda yer haqidagi fanlarning dolzarb masalalari bo'yicha elektron nashrlar va ularning manbalari bo‘yicha katta hajmdagi ma'lumotlar bazasi hisoblanadi.

Portal orqali:

- ilmiy davriy nashrlar va kitoblarni nashr etish;

- ilmiy jurnallarni nashriyot platformalariga joylashtirish;

- Elsevier, Wiley, Cambridge CDC (RFBR) ilmiy manbalariga milliy obunani tashkil etish;

- Onlayn Akademiya tomonidan professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar uchun SciCraft ilmiy tadbirlari va axborot-konsalting treninglari, kurslari va vebinarlarini o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, mazkur portal ma'lumotlar bazasi 141 ta ekspertizadan o'tgan jurnallarni o'z ichiga oladi, shuningdek uning tarkibida Scopus tizimiga kiritilgan 13 ta jurnal, Web of Science tizmiga kiritilgan 8 ta jurnal, 55 ta jurnal - RSCI da, Embasega kiritilgan 16 ta jurnal, 4 ta ilmiy jurnal MEDLINE/PubMed-ga va 25 ta jurnal - CNKI bazalariga kiritilgan.

Platforma bilan quyidagi havola yordamida tanishish mumkin: http://journals.eco-vector.com

  • Share :