NamMQI yoshlari targ‘ibot tadbiri va gala-konsertda faol ishtirok etdi
Namangan muhandislik-qurilish institutiga tutash hududda “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri hamda gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi va NamMQI hamkorligida tashkillangan tadbirda so‘zga chiqqanlar konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, ularning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
Taniqli estrada xonandalari Jaloliddin Ahmadaliev, Qilichbek Madaliev ham o‘z chiqishlarida yoshlarni muhim siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslikka chorladi.
Gala-konsert dasturi doirasida san'atkorlarning musiqiy chiqishlari tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Konsertni Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalari Jaloliddin Nasriddinov, Shoxruh Olloshukurov va Humoyun Musaev ijrosidagi qo‘shiqlar yakunlab berdi.
NamMQI media markazi