• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari Pop tumanida qurilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasi bilan tanishmoqda

NamMQI vakillari Pop tumanida qurilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasi bilan tanishmoqda NamMQI rektori boshchiligidagi institut vakillari Pop tumanida boʻlib, bu yerda qurilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasi bilan tanishmoqda. Institut jamoasini “Next Solar Energy Group” xorijiy korxonasi direktori Rasuljon Ikromov va xitoylik hamkorlar qarshi oldi. Ular vakillarimizga ushbu loyiha haqida batafsil maʼlumot bermoqda. Maʼlumot uchun, Xitoyning “Next Solar Energy Group” kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan stansiya quvvati 500 megavatt boʻlib, foydalanishga topshirilganidan soʻng yiliga 1,1 mllrd kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. NamMQI media markazi

  • Share :