• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari Fuqaro muhofazasi institutida loyihalari taqdimotini o‘tkazdi

Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchilari Ahror Ismoilov va Xurshid Hamroev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan elon qilingan tanlovida qo‘lga kiritilgan «Aholining barcha qatlamini zilzilaga tayyorlashga mo‘ljallangan masofaviy kursni tashkil etish uchun milliy elektron ta'lim platformasini yaratish» mavzusidagi loyihalarini Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi institutida taqdim etdi. 

Ushbu loyiha doirasida yaratilgan dasturiy ta'minot 4 oydan  beri test rejimida ishlab kelmoqda va unda bugungi kunda 8500 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Shuningdek, vakillarimiz Fuqaro muhofazasi institutida raqamlashtirish  bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar yuzasidan ham institut mutasaddilari bilan kelishuvga erishdi

  • Share :