NamMQI vakillari «Eng yaxshi innovasion loyiha» ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘ldi
Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan ayol olimalar uchun «Eng yaxshi innovasion loyiha» ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Ushbu ko‘rik-tanlovda NamMQI xotin-qizlar kengashi raisi Sohiba Otamirzaeva va «Kimyoviy texnologiya» kafedrasi dosenti, PhD Gulnoza Qodirova innovasion loyihalari bilan ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Vakillarimiz viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Dinara Yoqubova tomonidan imzolangan diplom bilan taqdirlandi va loyihalari ekspertlar tomonidan o‘rganilib, xalqaro tanlovga tavsiya etildi.