• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakili Samarqanddagi davlat bayram tadbirida ishtirok etdi

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 700 nafar pedagog Samarqand shahrida tantanali ravishda kutib olindi. Ustozlar 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan davlat tadbirida ishtirok etishdi. Ular orasida Namangan muhandislik-qurilish instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Saida Abdullaeva ham bor.Vakilimiz Samarqand shahridagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida umumxalq bayramining asosiy tadbirlarida ishtirok etdi. Shundan so‘ng ustozlar uchun «Boqiy Samarqand» majmuasi hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirildi. 

NamMQI media markazi

  • Share :