NamMQI va “Next Solar Energy Group” xorijiy korxonasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
hiligidagi institut vakillari Pop tumanida qurilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasi boʻlib turibdi. Umumiy quvvati 500 megavatt boʻlgan ushbu stansiya bilan tanishuvdan soʻng NamMQI va inshootni barpo etayotgan “Next Solar Energy Group” xorijiy korxonasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shartnoma texnik, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari va malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha ikki tomon uchun manfaatli boʻlgan faoliyat yoʻnalishlarida hamkorlikni qamrab oladi. Institutning energetika yoʻnalishidagi talabalari amaliyot oʻtashi, malaka oshirishi va kelgusida ishga joylashishi uchun zamin yaratiladi. Hujjatni institut rektori Sharifjon Ergashev va “Next Solar Energy Group” xorijiy korxonasi direktori Rasuljon Ikromov imzoladi. Maʼlumot uchun, mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach bu yerda 1500 ta ish oʻrni yaratiladi.