• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalari Fanlar akademiyasi prezidenti bilan uchrashuvda ishtirok etdi

Namanganda bo‘lib o‘tayotgan fizika bo‘yicha xalqaro forum doirasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yo‘ldoshevning yosh olimlar va iqtidorli talabalar bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi. Davlatobod tumanidagi yoshlar ziyo maskanida o‘tkazilgan uchrashuvda Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalari ham faol ishtirok etdi. Sanoatni axborotlashtirish fakulteti to‘rtinchi bosqich talabasi Hojiakbar Hasanov, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti uchinchi kurs talabasi Muxtorjon Mahmudov Fanlar akademiyasi prezidentiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etib, batafsil javoblar olishdi, mamlakatda ilm-fanni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflarini bildirishdi. Muloqot yakunida NamMQI talabalari “O‘zbekiston 24” kanali uchun tashkillangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda qatnashib, taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 

NamMQI media markazi

  • Share :