NamMQI talabalari akademik mobillik dasturi doirasida Urganch davlat universitetida tahsilni boshladi
Namangan muhandislik-qurilish institutining 15 nafar talabasi akademik mobillik dasturi doirasida o‘qishni davom ettirish uchun Urganch davlat universitetiga keldi.
Talabalarni UrDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sardor Xo‘janiyozov qabul qildi va universitet, uning tarixi hamda bugungi kunda olib borilayotgan faoliyat haqida batafsil ma'lumot berdi.
Shundan so‘ng talabalar yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda texnika, kimyo-texnologiya va iqtisodiyot fakultetlariga bo‘linib, o‘qish jarayonlariga kirishdi.