• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI rektori “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov bilan muloqotda boʻldi

Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev boshchiligidagi mutasaddilar “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov bilan muloqotda boʻldi.

Muloqot davomida institut va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bu yerda tashkil etilgan Muhandislik maktabi tajribasini oʻrganish va oliy oʻquv yurtida tatbiq etish, kadrlar yetkazib berish, professor-oʻqituvchilarning malaka oshirishi va talabalar amaliyoti masalalari  batafsil muhokama etildi.

Muzokaralar yakunida bu boradagi dastlabki kelishuvlarga erishildi.

  • Share :