• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI professorining monografiyasi Toshkentda chop etildi

Axborot tizimlari va texnologiyalari  kafedrasi professori Ozoda Abdullaevaning «Sifrovie texnologii v obrazovatel'nom prostranstve» nomli monografiyasi Toshkentda, “Fan ziyosi” nashriyotida chop etildi.

Ushbu monografiyada oliy ta'limda o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarining ta'siri tadqiq etilgan. O‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllari va raqamli texnologiyalari imkoniyatlari tahlil qilingan.

Monografiyada ta'lim muassasalari uchun veb-saytlar loyihalash va yaratish, mobil ilovalarning xususiyatlari va ularning ta'lim tizimidagi o‘rni, mobil ilovalardan foydalanib elektron darsliklar modelini loyihalash va yaratish usullari, ta'lim jarayonida intellektual axborot tizimlarini qo‘llash kabi muhim vazifalarga urg‘u berilgan.

Monografiya oliy ta'lim muassasasi talabalari, magistrantlar, doktorantlar, ilmiy-pedagogik xodimlar, professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.

  • Share :