NamMQI professor-oʻqituvchilari Ogayo universiteti Nanotexnologiyalar markazida tadqiqotlar olib bordi
Vakillarimiz infraqizil nurlar xarakteristikasi va qoʻllanishi, akkumulyatorlar bilan bogʻliq materiallarni sintez qilish va sinovdan oʻtkazish, metaloorganik kimyoviy bugʻlarning choʻkishini tadqiq qilish bilan shugʻullandi.
Fotolitografiya, elektron-nurli litografiya va mikroskopiya laboratoriyalarida amaliy tadqiqotlarda ishtirok etdi.
Xususan, PhD Munira Oʻktamova oʻzining nazariy tadqiqot natijalarini amaliy jihatdan toʻliq bajarishga erishdi.