• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI media markazi xodimi mahallada ishsiz yoshlar uchun IT-markazi tashkil qildi

NamMQI media markazi xodimi mahallada ishsiz yoshlar uchun IT-markazi tashkil qildi. Yangi Namangan tumanidagi Furqat mahalla fuqarolar yig‘ini binosining bo‘sh turgan qismida hududdagi “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” hamda ishsiz yosh va fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida tuman prokurori tashabbusi hamda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda “Bandlik markazi” tashkil etildi.

Markazning ochilish marosimida viloyat prokurori Bektosh Saipov, tuman hokimi Jobirxon Abdullaev va daxldor tashkilot mutasaddilari ishtirok etdi. Ushbu markazda tikuvchilik, qandolatchilik va IT yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilib, birinchi bosqichda hududdagi uyushmagan va ishsiz 60 nafar yoshlar o‘quv kurslariga jalb etiladi. Quvonchli tomoni, IT yo‘nalishidagi o‘quv kursi NamMQI media markazi xodimi Jahongir Akromov tomonidan tashkil etildi va eng zamonaviy kompьyuterlar bilan jihozlandi.

NamMQI media markazi

  • Share :