NamMQI delegatsiyasi Qozogʻistonda akademik Kuatbekov nomidagi xalqlar doʻstligi universiteti faoliyati bilan tanishdi
NamMQI Kimyo muhandisligi kafedrasi mudiri R.Najmiddinov, Kimyo muhandisligi kafedrasi professori I.Shamshidinov, dotsent G.Qodirova, Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi professori O.Abdullayevalar Qozogʻistonning Chimkent shahrida akademik Kuatbekov nomidagi xalqlar doʻstligi universiteti mehmoni boʻldi.
Institut vakillari universitetning Kimyo va biologiya kafedrasi mudiri, professor Rahmatulla Toshqorayev bilan bakalavr va magistrlar almashuv dasturini yoʻlga qoʻyish, stajirovkalar tashkil etish, ilmiy maqolalar tayyorlash, tadqiqot ishlarini olib borish, oʻquv-uslubiy jarayonlarda hamkorlik boʻyicha kelishuvlarga erishdi.