NamMQI delegatsiyasi Olmaliqda Toshkent davlat texnika universiteti hamda Moskva poʻlat va qotishmalar instituti filiallari bilan tanishdi
Olmaliqda kon-metallurgiya kombinati Muhandislik maktabidan tashqari Toshkent davlat texnika universiteti hamda Moskva poʻlat va qotishmalar instituti filiallari ham faoliyat olib bormoqda.
Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev boshchiligidagi delegatsiya ushbu filiallarda boʻlib, oʻquv jarayonlari va laboratoriyalar bilan tanishdi.
Filiallar mutasaddilari bilan muloqotlar davomida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, tajriba almashish va birgalikda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.